Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi sobiq MXX binosi oldidagi 26 tup eman daraxti kesilmayotganini, aksincha boshqa hududga belgilangan tartibda ko‘chirib o‘tqazilayotganini ma’lum qildi. Ushbu daraxtlar keyingi 3 yil davomida doimiy parvarish ostida bo‘ladi, deya ta’kidladi boshqarma.
Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi sababli 1422 daraxt boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin. Shundan 69 tupi loyihaning birinchi bosqichida jamoatchilik roziligi bilan aeroport yaqinidagi bog‘ga o‘tkaziladi. Ko‘chiruvchi kompaniya daraxtlarning 100 foiz yashab ketishiga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting